✅ Maktabgacha ta’lim tizimidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
2025-11-25 09:50:00 / Yangiliklar

📍 Yangihayot tumanining 122-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Koreyaning KOICA agentligi bilan hamkorlikda o‘yinga yo‘naltirilgan ta’lim bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
👩🏻🏫 Mashg‘ulotlar davomida KOICA volontyorlari bolalar bilan interaktiv o‘yinlar, ijodiy topshiriqlar va nutqini rivojlantirishga qaratilgan uslublardan foydalanishdi. Shuningdek, dars jarayonida kichkintoylarning fikrlashi, qiziqishi va faolligini oshirishga xizmat qiladigan mashqlar namoyish etildi.
💠 Bundan tashqari, jarayonlarni KOICA agentligi vakillari, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari hamda Yangihayot tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i bevosita kuzatib bordi. Ular mashg‘ulotning tashkil etilishi va o‘quv jarayonining sifatini baholashdi.








