YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING 35-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
2026-10-23 12:20:00 / Yangiliklar

YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING 35-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman hokimi Z. Matnazarov ishtirok etdi. Sessiyani tuman Kengashi raisi B. Abdullayev olib bordi.
Kun tartibiga muvofiq, 2026-yilning III choragida tumanda kriminogen vaziyatni yaxshilash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, budjet daromadlari ijrosi, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, aholi daromadlarini oshirish va kichik biznesni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, xususiylashtirish dasturi ijrosi, mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘larini taqsimlash, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda murojaatlar ijrosi yuzasidan masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yangiariq tumani hokimligi axborot xizmati
