Yangiariq tumani prokurori Otabek Eshchonovning tuman aholisiga MUROJAATI
2026-06-01 19:30:00 / Yangiliklar

So‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari tomonidan Yangi O‘zbekistonni barpo etish maqsadida barcha sohalar tubdan isloh qilinmoqda, bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, eng chekka qishloqlarda ham aholi salomatligi va xavfsizligini ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Joriy yilning 5 oyida 117 ta jinoyat hisobga olinib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 64 taga yoki 120 foizga oshgan bo‘lib, har 100 ming aholi soniga nisbatan o‘rtacha 92 tani tashkil etgan.
Sodir etilgan jinoyatlarning 11 tasi yoki 9,4 foizi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar hamda 27 tasi yoki 23 foizi aniqlanadigan jinoyatlar tashkil qilgan.
Shundan, mahallalar hududida 7 ta jinoyat sodir etilib, umumiy ro‘yxatga olingan jinoyatlarning 5,9 foizi mahallalarda sodir etilgan.
Yangiariq tumanidagi 37 ta mahallalarning 1 tasi “qizil”, 3 tasi “sariq” hamda 33 tasi “yashil” toifaga kirgan.
Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik “Soburzon” mahallasida, firibgarlik “Kattabog‘” mahallasida va o‘g‘irlik jinoyatlari esa “Qo`riqtom”, “Angiariq”, “Ostona”, “Gulbog‘”, “Soburzon” va “Qarmish” mahallalarida sodir qilingan.
Misol uchun, 1998-yilda tug‘ilgan, Yangiariq tumani, “Soburzon” mahallasida yashovchi O‘.Y joriy yilning 19-may kuni 1993-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i I.K bilan o‘zaro oilaviy kelishmovchiliklari sababli janjallashib, mazkur janjal oqibatida oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘i I.K ni qorin sohasining yoni tomoniga bir marotaba tiqib, badaniga og‘ir shikast yetkazgan.
Ushbu jinoyatni obyektiv va subyektiv omillari aniqlanganida, “mahalla yettili”gi tomonidan janjalkash oilani ijtimoiy–maishiy tusdagi muammolarini aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha manzilli tadbirlar amalga oshirilmaganligi sabab bo‘lgan.
O‘.Y psixologiyasida jinoyat sodir qilguncha o‘zgarishlar bo‘lgan.
Ya’ni, fuqaro O‘.Y turmush o‘rtog‘i I.K bilan uy-joy qurilishi
va o‘rtalaridagi o‘zaro rashk tufayli doimiy ravishda janjallashib kelganligi tergov organi tomonidan aniqlangan.
Yuqoridagi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni oldinroq “Soburzon” mahallasi “mahalla yettili”gi tomonidan aniqlanib, O‘.Y va I.K lar ustida vakolatlari doirasida xizmat olib borilganida edi, bu jinoyatni sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lar edi.
Hurmatli fuqarolar! Har bir mahalladagi oilalarni yoshlarga o‘rnak va kattalarga izzat ruhida tarbiya qilmog‘imiz lozim.
