Yangiariq tumanida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida 2026-yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan MA’LUMOT
2026-04-03 18:20:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi 5072-sonli qaroriga asosan Yangiariq tumanida 2026-yil 1–chorak davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Birinchi navbatda, 2025-yil davomida “Tashabbusli budjet” doirasida g‘olib bo‘lgan 19 ta loyihalar asosida ishlar to‘liq yakunlanib, foydalanish uchun topshirildi.
Shuningdek, “Tashabbusli budjet”ning 2026-yil 1-mavsumi 1-fevraldan 20-martgacha bo‘lib o‘tdi. Tumanimiz fuqarolari tomonidan 110 ta taklif kelib tushdi va 100 tasi ovoz berish bosqichida ishtirok etdi. Ovoz berish jarayonlari yakunlariga ko‘ra, jami qiymati 9 885 mln so‘mlik 6 ta loyihalar g‘olib deb topildi. Shu jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati tanloviga ko‘ra 1 648 mln so‘mlik 1 tа loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi.
“Tashabbusli budjet” jamg‘armasi 2026-yil 1-chorak davomida quyidagicha shakllandi: 2026-yil 1-yanvar holatiga qoldiq mablag‘lar 1 333 mln so‘m, 2026-yil boshiga erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 450,0 mln so‘m, oldingi mavsumlarda g‘olib loyihalardan iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan 265,8 mln so‘m va budjet parametrlari doirasida rejalashtirilgan mablag‘ning 50 %, ya’ni 3 587,8 mln so‘m mablag‘lar to‘liq jamg‘armaga o‘tkazildi va chorak oxirigа jami 5 637,1 mln so‘m jamg‘armada shakllantirildi.
