Rasmiy munosabat
2026-04-03 11:10:00 / Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda 2026-yil mart oyida https://www.instagram.com/p/DVpvjujDPNW/ internet ijtimoiy tarmoqlari orqali Xorazm viloyatidagi "Xonqa Olaja qishlog‘i va Yangiariq tumanini bog‘lovchi ko‘prik achinarli ahvolda ekanligi” mazmunda tarqalgan xabar yuzasidan, Yangiariq tumani Obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan joyida o‘rganish ishlari olib borildi.
Murojaatda ko‘rsatilgan ushbu ko‘prik Yangiariq tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli Gulobod qishlog‘i “Soburzon” mahallasi ichki yo‘lida joylashgan 1982-yilda qurilgan, uzunligi 24 m bo‘lgan “Qo`riqtom” kanali ustidagi ko‘prik ekanligi hamda qurilganligiga 40 yildan oshganligi sababli eskirib, ko‘prikning plitlari sinib, armaturalari chirib ketganligi aniqlandi.
Hozirgi kunda Yangiariq tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ko‘prikni davlat dasturlariga kiritib, qayta qurish ishlari boshlanguniga qadar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘prikning bir qismi temir beton bilan to‘sib qo‘yilib, ikkinchi qismida esa xavfsiz harakatlanish ta’minlanishi va zarur belgilar o’rnatilishi bildiriladi.
