9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni.
2025-12-09 10:05:00 / Yangiliklar

9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni.
Bu sana BMT tomonidan 2003 yilda jahon hamjamiyatini korrupsiyaga qarshi birlashtirish maqsadida belgilangan. Korrupsiya davlat va jamiyat rivojiga to‘siq bo‘ladi, adolat va ishonchni zaiflashtiradi. Shu bois bu kun har birimizga halollik, mas’uliyat va shaffoflikka sodiq bo‘lish zarurligini eslatadi.
Dunyo mamlakatlari, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati bu kunda ochiq muloqotlar, axborot kampaniyalari va ma’rifiy tadbirlar o‘tkazadi. O‘zbekistonda ham turli tashkilotlar tomonidan aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida korrupsiyaning zararli oqibatlari bo‘yicha tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurash — faqat davlatning emas, balki har bir fuqaroning vazifasi.
Poklik va adolatni qo‘llab-quvvatlash esa kelajagimiz uchun muhim.
Yangiariq tumani hokimligi axborot xizmati
