“Tatar qizi – 2026” tanlovi g‘olibiga bosh sovrin topshirildi
2026-10-16 17:05:00 / Yangiliklar

Tadbirda Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi, Madaniyat vaziri, Turkmanistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi hamda Yakkasaroy tumani hokimi ishtirok etdi.
🤝 Marosim o‘zbek, tatar va turkman xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik va madaniy hamkorlik ruhida tashkil etildi. Tadbir milliy qadriyat va an’analarni e’zozlash, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning yutuqlarini munosib e’tirof etishga bag‘ishlandi.
🚘 Marosimning eng hayajonli onlaridan birida “Tatar qizi” xalqaro tanlovi g‘olibi Amina Mahmudova munosib ravishda bosh sovrin – “Zeekr” avtomobili bilan taqdirlandi.
🗣 G‘oliba o‘z quvonchini izhor etib, ushbu e’tirof unga yanada katta kuch, ishonch va mas’uliyat bag‘ishlaganini ta’kidladi.
👉 – Bu g‘alaba men uchun nafaqat katta baxt, balki ulkan mas’uliyat hamdir. Prezidentimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar va e’tibor uchun minnatdorchilik bildiraman. Kelgusida ham o‘z bilimim, iqtidorim va mehnatim bilan xalqimga munosib xizmat qilishga harakat qilaman,-dedi Amina Mahmudova.
✨ Mazkur tadbir xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, madaniy aloqalarni rivojlantirish hamda yosh avlodni yangi marralar sari ruhlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
✍️Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati









