Yakkasaroy tumanida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
2026-10-05 14:20:00 / Yangiliklar

Tadbirda Senator Rustam Kalanov, Yakkasaroy tumani hokimi o‘rinbosari Otabek Rixsiboyev, tuman Nuroniylar jamg‘armasi raisi Tolib Sayfullayev, faxriylar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
➡️ Samimiy va mazmunli ruhda o‘tgan uchrashuv davomida yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, xalq farovonligini yuksaltirish, nuroniylarni e’zozlash hamda yosh avlodni vatanparvar, bilimli va barkamol etib tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.
🗣 Shuningdek, katta hayotiy tajribaga ega nuroniylarning ibratli hayot yo‘li, fidokorona mehnati va pand-nasihatlari yoshlar uchun bebaho maktab ekani qayd etildi. Yoshlarni buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo‘lish, Vatan ravnaqi va yurt taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yashashga da’vat etildi.
💠 Bunday uchrashuvlar avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, nuroniylarning boy hayotiy tajribasini yoshlarga yetkazish va ularda Vatanga sadoqat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
✍️ Yakkasaroy tumani hokimligi Matbuot xizmati









