Elektr ta’minoti – sifat va tezkorlik nazoratda
2026-09-28 19:30:00 / Yangiliklar

Mazkur hududda elektr ta’minoti tizimining barqarorligini yanada oshirish, mavjud quvvatlarni mustahkamlash hamda aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
💠 O‘rganish davomida mas’ullar tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlarining bugungi holati, texnik yangilanishlar, zamonaviy uskunalarni o‘rnatish hamda ularni ishga tushirish jarayonlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
🗣 Tuman hokimi ishlarning sifati va belgilangan muddatlarga alohida e’tibor qaratib, “Aholiga qulaylik yaratishga xizmat qiladigan har bir ishda sifat va tezkorlik birdek muhim”, deya ta’kidladi.
👉 Mas’ullarga qurilish va ta’mirlash ishlarini jadallashtirish, sifat talablariga qat’iy rioya qilgan holda qisqa muddatlarda yakunlash hamda obyektni to‘liq ishga tushirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
✍️ Yakkasaroy tumani hokimligi Matbuot xizmati






