Yakkasaroyda volontyor yoshlar “5 Million Sun’iy Intellekt Yetakchilari” dasturida faol ishtirok etmoqda
2026-07-24 22:35:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellekt sohasidagi salohiyatini oshirishga qaratilgan “5 Million Sun’iy Intellekt Yetakchilari” dasturining mazmun-mohiyati, uning yoshlar uchun yaratib berayotgan imkoniyatlari xususida fikr almashildi.
🗣 Shuningdek, ushbu dastur bo‘yicha o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan volontyor yoshlarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Tadbir davomida yoshlarning raqamli texnologiyalarni chuqur o‘rganishi, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanishi hamda kelgusida ushbu bilimlarni tengdoshlari o‘rtasida keng targ‘ib etishi muhimligi alohida ta’kidlandi.
🗣 Yakkasaroy tumanida yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy kasb va texnologiyalarni egallashga yo‘naltirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
✍️ Yakkasaroy tumani hokimligi Matbuot xizmati
