Fuqaro muammosi qisqa muddatda hal etildi
2026-07-24 21:05:00 / Yangiliklar

Kuni kecha tumandagi "Qushbegi" mahallasi 4-uyda yashovchi fuqaro koʻp qavatli uyda kuzatilayotgan elektr taʼminotidagi uzilishlar yuzasidan Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenovaga murojaat qilgan edi.
⚡️ Murojaat ortidan hokim tomonidan masʼul tashkilotlarga muammoni zudlik bilan oʻrganish va bartaraf etish boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.
🤝 Bugun esa Nilufar Allabergenova murojaat ijrosini shaxsan nazorat qilish maqsadida mahallada boʻlib, amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.
🗣 Oʻrganishlar davomida elektr taʼminoti bilan bogʻliq muammo bartaraf etilgani aniqlagdi.
😊 Fuqarolar murojaatlariga qisqa muddatda yechim topilganidan mamnunligini bildirib, koʻrsatilgan eʼtibor va amaliy yordam uchun minnatdorlik izhor etdilar.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati






