Murojaat eʼtiborsiz qolmaydi: hokim hududga chiqib, fuqarolar bilan uchrashdi
2026-07-24 17:30:00 / Yangiliklar
Fuqarolarning murojaatlarini joyiga chiqqan holda oʻrganish va ularning takliflarini amaliy ishlar bilan qoʻllab-quvvatlash — Yakkasaroy tumanidagi ochiq muloqot va xalqparvar boshqaruvning muhim tamoyillaridan biri hisoblanadi.

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi "Damariq" mahallasi 81-uy hududida boʻlib, mazkur xonadon aholisi tomonidan yoʻllangan obodonlashtirishga oid murojaatni joyida oʻrgandi.
🤝 Uchrashuv davomida mahalla faollari va fuqarolarning taklif hamda istaklari diqqat bilan tinglandi. Hudud aholisining xohish-istaklarini inobatga olgan holda ushbu manzilda zamonaviy obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, yashil hudud va dam olish uchun qulay maydon tashkil etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati






