Hokim “To‘qimachi” mahallasida: bolalar kelajagi va aholi farovonligi e’tibor markazida
2026-07-24 17:05:00 / Yangiliklar
Yakkasaroy tumanida aholi uchun yanada qulay va zamonaviy infratuzilma yaratish, mahallalar obodligini ta’minlash hamda yosh avlod uchun munosib shart-sharoitlar barpo etish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Bugun tuman hokimi Nilufar Allabergenova “To‘qimachi” mahallasida bo‘lib, 357-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
✨ O‘rganish davomida qurilish sifati, belgilangan muddatlarga rioya qilinishi hamda yaratilayotgan sharoitlarning zamonaviy talablarga mosligiga alohida e’tibor qaratildi.
🗣Shuningdek, tuman hokimi mahalla hududida aholiga qulaylik yaratish maqsadida olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishib, mas’ullarga hududni yanada obod va yashash uchun qulay maskanga aylantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati






