Oliy sud raisining yangi o‘rinbosari Yakkasaroyda bo‘ldi
2026-07-23 22:50:00 / Yangiliklar

O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida jamoat joylarida xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish, profilaktika tadbirlari samaradorligini oshirish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
💠 Shuningdek, tungi xizmatni tashkil etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, profilaktik tadbirlarni manzilli va samarali yo‘lga qo‘yish, zamonaviy kuzatuv va nazorat tizimlaridan foydalanish holati yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.
💠 Mas’ullar tomonidan hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish hamda xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan natijalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
💠 O‘rganish davomida mutasaddilar tomonidan sohadagi ishlarni yanada takomillashtirish, profilaktika tizimini kuchaytirish hamda aholi osoyishtaligini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati




