Yakkasaroyda bank tizimi vakillari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
2026-07-23 14:50:00 / Majlislar

Yig‘ilish davomida mahalla bankirlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, mavjud kamchilik va muammolar tanqidiy muhokama etildi. Har bir mas’ulning faoliyati yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilib, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar ajratish, oilalar daromadini oshirish hamda mahallalarda iqtisodiy faollikni kuchaytirish borasidagi ishlarni yanada samarali tashkil etish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.
📎 Shuningdek, tumanda bank tizimi zimmasiga yuklatilgan ustuvor vazifalar muhokama qilinib, belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro etish, har bir mahallada manzilli ishlash, murojaatlar bilan tizimli shug‘ullanish hamda natijadorlikni oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
👉 Yig‘ilish yakunida barcha mas’ullardan belgilangan vazifalarning ijrosini qat’iy nazoratga olish, mahallalarda amaliy natijadorlikni ta’minlash va har bir fuqaro bilan individual ishlash zarurligi alohida ta’kidlandi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati






