Allabergenova “IRN AKADEMIYASI” o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi
2026-07-22 14:45:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida o‘quv markazi rahbariyati tomonidan markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan ta’lim dasturlari, o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy muhit hamda kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
💠 Tuman hokimi yoshlarni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga o‘qitish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllantirish borasida bunday o‘quv markazlarining ahamiyati beqiyos ekanini ta’kidladi.
💠 Shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yangi o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘yish va davlat hamda xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati









