Sifat va nazorat – bunyodkorlikning ustuvor mezoni
2026-07-03 13:10:00 / Yangiliklar

Unda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Nodirjon Maksumov, shuningdek, qurilish tashkilotlari rahbarlari, loyihachilar va mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
💠 Yig‘ilish davomida tumanda amalga oshirilayotgan qurilish loyihalarining borishi, ularning sifati, qurilish me’yorlariga rioya etilishi, obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
💠 Har bir obyekt bo‘yicha mas’ullarning hisoboti tinglanib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish-montaj ishlarini sifatli tashkil etish va nazoratni yanada kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar hamda muddatlar belgilab berildi.
👉 Yakkasaroy tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari faqat hajm bilan emas, balki sifat, xavfsizlik va zamonaviy standartlarga to‘liq mosligi bilan ham alohida e’tiborda bo‘lib, bu boradagi nazorat ishlari izchil davom ettirilmoqda.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati









