Yakkasaroyda kelajak poydevori qo‘yildi!
2026-07-03 12:30:00 / Yangiliklar

Bu nafaqat yangi bino qurilishining boshlanishi, balki kelajak avlodning baxtli va barkamol kamol topishi yo‘lida qo‘yilgan muhim qadamdir.
➡️ 1964-yilda foydalanishga topshirilgan mazkur bog‘cha yarim asrdan ortiq vaqt davomida minglab bolajonlarga xizmat qilib kelgan bo‘lsa-da, bugungi zamonaviy ta’lim talablari va infratuzilma mezonlariga to‘liq javob bermay qolgan edi. Endilikda uning o‘rnida mutlaqo yangi qiyofadagi, zamonaviy standartlar asosida bunyod etiladigan ta’lim maskani qad rostlaydi.
💠 Loyiha doirasida 720 o‘rinli, ikki qavatli zamonaviy bog‘cha barpo etiladi. Unda bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, sog‘lom ulg‘ayishi va o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi. Yorug‘ va shinam xonalar, zamonaviy o‘quv jihozlari, xavfsiz o‘yin maydonchalari hamda qulay infratuzilma yangi bog‘chaning asosiy ustunliklaridan bo‘ladi.
💠 Yakkasaroy tumanida amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlari Prezidentimiz tomonidan maktabgacha ta’lim tizimiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasi bo‘lib, yosh avlodning porloq kelajagi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarning yana bir yorqin namunasidir.
✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi matbuot xizmati









