Yangilanishlar markazida – Yakkasaroy
2026-06-12 12:20:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi 2-sonli sport maktabi uchun qurilayotgan yangi zamonaviy binoda bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
Ma’lumki, mazkur sport maktabi 1963-yilda angar shaklida barpo etilgan bo‘lib, bugungi kun talablari va sport infratuzilmasi standartlariga javob bermas edi. Ayni paytda uning o‘rnida uch qavatli, keng va shinam, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadigan, yosh sportchilar uchun barcha qulayliklarga ega yangi sport majmuasi qad rostlamoqda.
Ushbu inshoot kelajakda yuzlab yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, iqtidorli sportchilarni tarbiyalash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, tuman hokimi Bobur mahallasida “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda ichki yo‘llarga asfalt yotqizish jarayonlari bilan ham tanishdi.









