Yakkasaroy tumani hokimi “Uztex Group” korxonasida bo‘ldi
2026-06-12 21:05:00 / Yangiliklar
Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqqa asosan Toshkent shahrida tekstil va yengil sanoat sohasini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish hamda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Shu maqsadda bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova o‘rinbosarlari N.Shamsiyev, B.Mustafoyev boshchiligida Sergeli tumanida faoliyat yuritayotgan “Uztex Group” korxonasida bo‘ldi.
Uchrashuv davomida tekstil sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, eksport ko‘rsatkichlarini oshirish hamda sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shundan so‘ng tuman hokimi “Uztex Group” korxonadagi zamonaviy texnologik jarayonlar, mahsulot sifati hamda eksport imkoniyatlari o‘rganildi.
Tashrif davomida sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni amalga oshirish va mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati










