Yakkabog‘ tumani hokimi Abdinabi G‘iyosov Fransiyaning Groupehuit kompaniyasi vakili Guillaume JOSE bilan uchrashdi
2025-10-28 10:50:00 / Yangiliklar
Yakkabog‘ tumani hokimi Abdinabi G‘iyosov Fransiyaning urbanizasiya va hududiy rivojlanish sohasida faoliyat yuritayotgan Groupehuit kompaniyasi vakili, loyiha direktori Guillaume JOSE bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida shaharsozlik, hududlarni barqaror rivojlantirish va zamonaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar istiqbolli yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

