NAVBATDAGI “HOKIMLIK SOATI” BO‘LIB O‘TDI
2025-10-27 10:50:00 / Yangiliklar
Bugun Yakkabog‘ tumani hokimi Abdinabi G‘iyosov rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar siyosati, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolar bandligini ta'minlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilishda ta'lim muassasalarining mavsumga tayyorgarligi, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari, mahalla yettiligi faoliyatini takomillashtirish, sanoat zonalarini samarali ishga yo‘naltirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va yarmarkalarni muntazam tashkil etish kabi yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, chiqindilarni tozalash va kameralashtirish ishlari, obodonlashtirish chora-tadbirlarini jadallashtirish, qizil toifadagi mahallalarda samarali faoliyatni tashkil etish hamda jamoat axloq qoidalariga amal qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab o‘tildi.
Yig‘ilish yakunida ayrim sohalarda ijro intizomi sustligi qayd etildi. Mas'ul rahbarlarga so‘nggi marta ogohlantirish berildi va belgilangan vazifalarning bajarilishi qat'iy nazoratga olinishi ta'kidlandi.

