YAKKABOGʻ TUMANI HOKIMLIGI EʼLON QILADI
2025-10-27 10:50:00 / Yangiliklar
YAKKABOGʻ TUMANI HOKIMLIGI EʼLON QILADI
Yakkabogʻ tumani hokimligi tomonidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha malakali mutaxassislar ishga qabul qilinadi:
Chet tillari va axborot texnologiyalari (IT) yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar. Ingliz, rus yoki nemis tillarini mukammal o‘zlashtirgan, axborot texnologiyalari sohasida chuqur bilim hamda amaliy ish tajribasiga ega, oliy ma’lumotli va sohaga oid natijalarga erishgan kadrlar.
Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi mutaxassislar. Soha bo‘yicha oliy ma’lumotli, yetarli ish tajribasiga ega, ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy eta oladigan va samarali natijalarga erishgan mutaxassislar.
Qurilish va arxitektura yo‘nalishidagi mutaxassislar. Qurilish va arxitektura sohasida tajribaga ega, loyiha hujjatlarini tayyorlash hamda ularni amaliyotga tatbiq eta oladigan oliy ma’lumotli kadrlar.
Manzil: Yakkabogʻ tumani hokimligi binosi
Murojaat joyi: Tashkiliy-nazorat bo‘limi
Talab etiladigan hujjatlar:
Oliy (bakalavr yoki magistr) diplomning asli;
Malaka oshirish yoki ixtisoslikka oid sertifikat(lar)ning asli;
Obyektivka (rezyume);
Ish faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat daftarchasi, tavsiyanoma va boshqalar).

