Murojaat
2026-01-17 12:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
2025 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Yakkabog‘ tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Choriyev Shuxrat Amirovichning jinoyatchilikning oldini olish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi samarali chora-tadbirlari to‘g‘risida murojaati

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar, tumanimiz mehmonlari!
Tumanimizda 2025 yil davomida jinoyatchilikni oldini olish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashda, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida borasida samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, muhtaram Prezidentimizning joriy yil 3 yanvar kunidagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son qarori talablari asosida 2025 yilning har choragi uchun tuman, mahallalar miqiyosida “Yo‘l xarita”lari ishlab chiqilib ijroga qaratildi.
Mazkur qaror hamda uning talablari asosida ishlab chiqilgam “Yo‘l xarita”lari ijrosini taʼminlash davomida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, shaxs hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga har qanday tajovuzlarning oldini olish maqsadida zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalarni keng joriy etish maqsadida mahallalarning kirish-chiqish joylari, ko‘p qavatli uylar, savdo markazlari, bozorlar hamda maktablarga jami 1054 ta zamonaviy turdagi videokuzatuv kameralari, mahallalardagi ko‘p qavatli uylarning eshiklariga 104 ta zamonaviy domofon komplekslari, ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘llari oldiga, ko‘cha va yo‘laklarda jami 63 ta tashvish tugmalari, Bozor va savdo rastalarida 8 ta xabar berish tugmalari urnatildi. Quriqlash xizmati tomonidan 1220 ta xonadonlar, 186 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari texnik qo‘riqlovga olindi. Tumandagi mas’ul rahbarlar tashabbusi bilan mahallalarda 92 ta “namunaviy xavfsiz ko‘cha” va 240 ta “namunaviy xavfsiz yo‘lak”larni tashkil etilishi ta’minlandi.
Shuningdek “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 6693 nafar shaxslarning ro‘yxatlari shakllantirilib, ularga doir ma’lumotlar “mahalla yettiligi”ga taqdim etilishi natijasida bugungi kunga qadar 6145 nafar fuqarolarning muammolari o‘rganilib ijobiy hal etildi va qo‘shma xulosalar tuzildi.
Tazyiq yoki zo‘ravonlikdan jabrlangan 655 nafar ayollarga himoya orderi berildi, 718 nafar xotin-qizlarga nisbatan tazyiq o‘tkazganligi va zo‘ravonlik sodir etganligi uchun profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktika tadbirlar o‘tkazildi va rasmiy ogohlantirildi, 205 nafariga nisbatan qonunda belgilangan tegishli choralar ko‘rildi.
Xorijiy davlatlarda uzoq muddatda bo‘lib qaytgan 12705 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Aziz tumandoshlar!
Amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan choralarga qaramay, joriy yilning o‘tgan davrida tumanda umumiy jinoyatlar soni 538 taни tashkil qildi. Afsuski, yaratib berilayotgan keng imkoniyatlarga qaramasdan ayrim shaxslar noqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirish, fuqarolarni aldash va boshqa vositalar orqali ularning mol - mulkini egallashga urinishmoqda.
Bugungi raqamli asrda taraqqiyot bilan bir qatorda, afsuski, kiberjinoyatlar — ya’ni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali sodir etilayotgan o‘g‘irlik hamda firibgarlik holatlari ham ortib bormoqda.
2025 yilda Yakkabog‘ tumanida fuqarolarimizga tegishli bank plastik kartalaridan pul mablag‘larini ruxsatsiz yechib olish, shaxsiy axborotlarni qalbakilashtirish va ularni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishga qaratilgan noqonuniy harakatlar ko‘payganini afsus bilan ta’kidlaymiz. O‘tgan yilda, tumanimizda 266 ta kiberjinoyatlar, 13 ta firibgarlik holatlari sodir etilib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgani buning yaqqol isbotidin.
Bundan tashqari, yo‘llarda avtomobillar soni kundan-kunga ortib, haydovchilarning mas’uliyatini oshirmoqda. Biroq, ayrim haydovchilar yo‘l belgilari, yo‘l qoidalariga rioya etmasdan o‘zboshimchalik bilan tezlikni oshirgani, avtotransport vositasini mast holda boshqaruv yoki haydovchilik guvohnomasi yo‘q fuqarolarga avtomashinani boshqarishga ruxsat bergani natijasida jami 34, shu jumladan o‘lim bilan bog‘liq 17 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilganligi ayanchli, albatta!
2025 yilning 12 oyida tegishli o‘ynalishda yetarli darajada profilaktik tadbirlar olib borilmaganligi, shuningdek tumanimiz fuqarolarining o‘z mol-mulklarini xavfsizligini ta’minlashda loqaydlik bilan qarab dalalarda va ko‘chalarda chorva mollari va boshqa mol-mulklaringiz qarovsiz qoldirganliklari oqibatida tumanda 39 ta o‘g‘irlik jinoyatlari sodir etilishiga yo‘l qo‘yildi.
Hurmatli tumanimiz fuqarorlari, ushbu murojaatim orqali sizlardan,
- ijtimoiy tarmoqlar hamda elektron pochta manzillari orqali yuborilgan shubhali havolalarga kirmaslikni, onlayn do‘konlar orqali mahsulotni qabul qilmasdan yoki ko‘rsatilmagan xizmat uchun oldindan to‘lovni amalga oshirmaslikni hamda shaxsiy ma’lumotlarni begona shaxslarga taqdim etmaslikni va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslikni;
- o‘g‘irlik va boshqa turdagi jinoyatlarni oldini olish, shuningdek, o‘z xonadonlaringiz hamda boshqa mol-mulklaringizni xavfsizligini ta’minlash maqsadida tumandagi Qo‘riqlash bo‘limining texnik qo‘riqlov pultiga ulanishingizni;
- dalalarda va ko‘chalarda chorva mollari va boshqa mol-mulklarini qarovsiz qoldirmaslikni;
- Aholini bugungi kunda yashash turmush tarzi yaxshilanib, avtotransport vositalaridan foydalanish ehtiyoji kundan kunga oshib boraётганлиги саббали yo‘l harakati qatnashchilarining xavfsizligini ta’minlash borasida zamonaviy tezlikni o‘lchovchi fotoradarlar, haydovchini hushyorligini oshiruvchi mayoqchalar, yo‘l belgilari hamda ogohlikka chaqiruvchi bannerlar o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramasdan, haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga amalga qilmayotganligi oqibatida odam o‘limi va tan jarohati bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalari sodir bo‘layotganligi barchamizni ogohlikka chaqirishi lozim. Tumanimiz aholisidan hamda yo‘l harakati qatnashchilaridan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishingizni, haydovchilarni tezlikni belgilangan me’yordan oshirmasliklarini, yo‘lovchilarning tinch va osoyishta manzillariga olib borishda mas’uliyatni his qilib, hushyor holatda avtotransport vositalarini boshqarishlarini; so‘rayman.
- hurmatli ota-onalar, farzandlaringiz bilan turli noxush holatlar yuz berishini, ular tomonidan jinoyat yoki huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish maqsadida farzandalringizni qarovsiz qoldirmasliklaringizni, “devian” hulq shakllanib borayotgan balalaringiz bilan ta’lim muassasalari va boshqa mutassadi tashkilotlar bilan hamkorlik ularni to‘g‘ri yo‘lgan yo‘nalishtirish bo‘yicha ishlar olib borishllaringizni;
-hurmatli fuqarolar o‘zaro moddiy boylik, mol-mulk va har qanday oldi-berdi munosabatlaringizni belgilangan tartibda notarius idoralari orqali qonuniy rasmiylashtirishni ta’minlashlaringizni so‘rayman!
