Yakkabog‘ tumani hokimligi
2025-12-23 11:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Shunga ko‘ra, Yakkabog‘ tumani hokimligiga "Edo.ijro.uz” elektron hujjat aylanish tizimi orqali 2025-yil boshidan dekabr oyiga qadar

Yakkabog‘ tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.02.2021 yildagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-6166-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.07.2025-yildagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-117-son Farmoni ijrosi yuzasidan ijro intizomini mustahkamlashga qaratilgan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra, yuqoridagi Farmonga asosan Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlarining ijrosi ustidan samarali nazorat mexanizmlarini joriy qilish, ijro natijasi bo‘yicha aniq hisobdorlikni ta’minlash, shuningdek, barcha bo‘g‘indagi rahbarlar va xodimlarning ijro intizomiga qat’iy rioya etish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini yanada oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.
Shunga ko‘ra, Yakkabog‘ tumani hokimligiga "Edo.ijro.uz” elektron hujjat aylanish tizimi orqali 2025-yil boshidan dekabr oyiga qadar viloyat hokimligi va yuqori turuvchi tashkilotlar orqali 6758 ta topshiriq kelib-tushgan bo‘lib, shundan 6348 tasi bajarilgan, 410 ta topshiriq bajarish jarayonida turgan hujjatlar hisoblanadi.
Mazkur hujjatlar tuman hokimligi tarkibiy bo‘linmalari bilan bir qatorda, tegishliligi bo‘yicha tumandagi barcha tashkilot va idoralarga tizim tomonidan ijroga yo‘naltirilmoqda.
Shuningdek, yig`ilishda o`tgan davr mobaynida kelib tushgan hujjatlarni ijrosini ta`minlashda xato va kamchililarga yo`l qo`ygan mas`ullar kelgusida to`g`ri xulosa chiqargan holda ijro intizomiga qat`iy rioya etishlari kerakligi to`g`risida ogohlantirilib, yil yakuniga qadar bajarilishi lozim bo`lgan 153 ta topshiriqlarni o`z muddatida ijrosi ta`minlanishi yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
