Ajrimlarni oldin olish – totuv va barqaror jamiyat sari qadam
2026-07-09 18:10:00 / Majlislar

Shu munosabat bilan "Iyul oyi ajrimlarni oldini olish oyi"deb elon qilindi, Tuman FXDYO bo‘limi, Nuroniylar kengashi, "Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash" ishchi guruhi a'zolari, "Buvijonlar maktabi", Oqila ayollar xarakati a’zolari, Otinoyilar, barcha mahalla xotin-qizlari faollari bilan birgalikda 6 oylik muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Shuningdek, mahalladagi xotin qizlar faollari tomonidan 6 oy davomida xotin -qizlarni kasb -xunarga o'qitish ularning bandligini ta'minlash mahallada tazyiq va zo'ravonlik, jinoyatchilikni oldini olish, nizoli oilalar bilan ishlash, migratsiyadagi ayollar ularning oilalari bilan qanday ishlar olib borilganligi, xotin-qizlar reproduktiv salomatligini, erta nikoh erta tug'ruq yuzasidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Yig'ilish yakunida 2-yarim yillikda xotin-qizlar tizimi oldiga qo'yiladigan masalalar muhokama qilindi va vazifalar belgilanib olindi.
