Sirdaryo viloyatida 2026-yilning mart oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida, aniq va to‘laqonli amalga oshirilishini tashkil etish to‘g‘risida
2026-04-03 16:30:00 / Yangiliklar

Shu jumladan, joriy yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlaridagi topshiriqlarida viloyat hokimligi mas’ul bo‘lgan 235 tadan 235 tasi bajarilgan, hamda Vazirlar Mahkamasining 225 tadan 224 tasi bajarilgan.
Ta’kidlash lozimki, viloyat hokimligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini “kunbay” tahlil qilib borish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Haftaning har dushanba kuni viloyat hokimi rahbarligida, haftaning juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda.
Topshiriqlar o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlash maqsadida har oyning 25-sanasida kelgusi oyda ijrosi belgilangan topshiriqlar ro‘yxati shakllantirilib, mas’ul viloyat hokimining o‘rinbosarlari, guruh va bo‘lim boshliqlariga, taalluqli boshqarma, tashkilotlar hamda shahar, tuman hokimliklariga yuborilmoqda.
Shundan kelib chiqib, mas’ul ijrochilar kesimida kalendar jadval va “yo‘l xaritalari” tasdiqlanib, shu asosida ish tashkil etilmoqda.
Tahlillar natijalari bo‘yicha, ijro intizomini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar, ularning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
O‘z navbatida, viloyat boshqarma va tashkilotlar hamda shahar, tumanlar hokimliklarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi bo‘yicha tasdiqlangan jadval asosida maqsadli va kompleks o‘rganishlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, 2025-2026-yil davomida 12 ta boshqarma va 11 ta hokimliklarda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi holati o‘rganilib, topshiriqlar ijrosini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
O‘tkazilgan tahlillar, muhokamalar va o‘rganishlar natijalariga ko‘ra, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘laqonli bajarmaslik va ijrosini kechiktirish holatlariga yo‘l qo‘yganligi uchun 1 nafar viloyat hokimining o‘rinbosari, 18 nafar shahar, tumanlar hokimlari va o‘rinbosarlari, jami 19 nafar shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilgan, 9 nafariga ogohlantirish berilgan.
Viloyat hokimligida “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida to‘lik va sifatli bajarilishini ta’minlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilanib, topshiriqlar ijrosini ta’minlash choralari doimiy nazoratga olinadi.
