Xovosda ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi yig‘ilish o‘tkazildi
2025-08-06 12:05:00 / Yangiliklar
Sirdaryo viloyati prokuraturasi, Xovos tumani hokimligi va tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida tumandagi maktab va bog‘chalarda “Korrupsiya — mamlakat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan illat” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Xovosda ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi yig‘ilish o‘tkazildi
Sirdaryo viloyati prokuraturasi, Xovos tumani hokimligi va tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida tumandagi maktab va bog‘chalarda “Korrupsiya — mamlakat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan illat” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i M. Sulaymonov, tuman hokimi o‘rinbosari A. Rasulov, mutasaddi tashkilotlar va ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Unda ta’lim sohasida yuzaga kelayotgan qonunbuzarliklar muhokama qilinib, korrupsiyaning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha rejalar belgilandi.



