Korrupsiyaga qarshi kurashish - asosiy masala
2025-08-20 16:10:00 / Yangiliklar

Xo‘jayli tumani hokimligining majlislar zalida Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i B.Matmuratov, Xo‘jayli tumani hokimining o‘rinbosari X.Xalmuratov, tegishli idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Mazkur yig‘ilishning asosiy maqsadi - korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tizimli ishlarni kuchaytirish, davlat xizmatchilari o‘rtasida halollik va vijdonlilik tamoyillarini mustahkamlash, fuqarolar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga yo‘naltirilgan edi. Yig‘ilish davomida soha mutasaddilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha joylarda amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Shundan so‘ng, barcha tashkilotlar rahbarlariga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish
bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi va bu boradagi ishlarni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilanib, hududlarda
targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.







