Payshanba - yoshlar kuni
2026-10-15 13:00:00 / Yangiliklar
Payshanba - yoshlar kuni

Bugun payshanba - yoshlar kuni munosabati bilan Xo‘jayli tumani hokimi J.M.Ermashev rahbarligida 14-sonli maktabda "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi. Unda "Mustaqillik" mahallasidan 30 nafar yoshlar ishtirok etib, o‘zlarining murojaatlari, fikr va takliflarini bildirdi. Bildirilgan muammolar atroflicha o‘rganilib, ularning o‘z vaqtida hal etilishi bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va muammolarini joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.








