Hunar bilan topilgan baraka
2026-08-06 10:00:00 / Yangiliklar

Xo‘jayli tumanidagi Qumbiz ovul MFY yashovchi Hurliman Qalboyeva bugungi kunda o‘zini o‘zi band etib, kampir momolarimizdan meros bo‘lib qolgan quroq qurash san’atini o‘z hayotida davom ettirib, oilasiga daromad topib o‘tirgan hunarmand qiz. Onasining oddiy tikuv mashinasida choklarni tikib, har xil chiroyli quraqlarni yig‘ib o‘tirganini ko‘rib o‘sgan Hurliman ham bu san’atga bo‘lgan qiziqishi ortib, kichkina paytidayoq, o‘zining qo‘g‘irchog‘iga ko‘ylak tikishni o‘rganadi. Qizining tikuvchilikka bo‘lgan qobiliyatini ko‘rgan onasi Gulnora uni Xo‘jalidagi tikuv sexiga olib borib, mohir tikuvchilar bo‘lgan ustozlari Zina va Dilravshanlarga shogirdlikka beradi. Ustozlaridan tikuvchilik sirlarini qunt bilan o‘rgangan Hurliman ayollar ko‘ylaklarini bichib tikishni darhol o‘zlashtirib oladi. Nozik didli ayol-qizlarning ko‘ylaklarini ularning ko‘nglidagidek qilib tikishni o‘rgangan u shu yerda quroq quroqning sirlarini ham mohirlik bilan o‘zlashtiradi.
Biz ba’zida ishsizlikni bahona qilib, tegishli joylardan yordam so‘rab yurgan fuqarolarning guvohi bo‘lamiz. Hurliman esa o‘z hunari, o‘z mehnati orqali topgan daromadi bilan oyoqqa turib, yangi tikuvchilik sexi ochishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymoqda. Hayot yo‘lidagi ezgu niyatlari ham o‘zi qurgan chiroyli kuraklari kabi qurilib, oliy maqsadlar bilan kelajakka yetaklayverishiga tilakdoshmiz.
Gulnora Turdishova, Qoraqalpog‘iston axborot agentligi
- Quroq qurov mahoratni, sabr-toqatni talab qiladigan hunar. Sababi, o‘lchamlar bir xil bo‘lib chiqmasa quroq yaxshi chiqmaydi. Tikuv sexida ishlab yurgan kezlarimda ko‘pincha qiz uzatish to‘ylariga qizning yuki uchun quroq ko‘rpachalarga buyurtma tushar edi. Hozirgi vaqtda ham buyurtmachilarning ko‘nglidan chiqadigan qilib quroq to‘qib, shuningdek, chimildiq quroq ham tikib buyurtmachilarning ko‘nglidan chiqishga harakat qilyapman. Bunda menga onam va O‘ljanoy singlim yordam berib kelmoqda. Kelgusida tikuvchilik sexini ochib, xotin-qizlar bandligini ta’minlab, quroq to‘qish san’atini yanada rivojlantirsam degan niyatdaman, - deydi Hurliman.



