Mizdaqxan tariyxiy arxeologiyalıq kompleks
2026-05-27 14:00:00 / Yangiliklar
Mizdaqxan tariyxiy arxeologiyalıq kompleks

Joriy yilning 12-may sanasidan boshlab Xo‘jayli tumani hududida joylashgan "Mizdaqxan" arxeologiya majmuasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Tarix fakultetining Arxeologiya kafedrasi o‘qituvchilari F.Utepbergenov, S.Saypov, O-Sh.Qdirniyazov va F.Maqsetovlar rahbarligida talabalar uchun dala amaliyoti o‘tkazilmoqda. Arxeologik qazishma tadqiqot ishlari davomida XI-XIII asr boshlariga - Xorazmshohlar davriga mansub bo‘lgan joylar ochilib, kulolchilik xumdonlari va ishlab chiqarish maskanlari bo‘lganligini isbotlovchi moddiy manbalar topilmoqda.









