"Davlat xavfsizlik xizmati kubogi"
2026-05-26 23:00:00 / Yangiliklar
"Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" musobaqasining tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi

Xo‘jayli tumani hokimligi huzuridagi Madaniyat sahnasida tuman hokimi J.Yermashev, DXX tuman bo‘limi boshlig‘i A.Yerimbetov, IIB boshlig‘i o‘rinbosari R.Askarov sportning futbol va mini-futbol turi bo‘yicha 2026-yilgi "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" musobaqasining tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi. Bunda, tuman hududidagi 28 ta mahalladan eng kuchli hisoblangan jamoalar o‘zaro bahslashib, qizg‘in kechgan o‘yinlar davomida yaxshi natijalar ko‘rsatdi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan kubok, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shu bilan birga o‘yinlarni adolatli va faol boshqarib borgan hakamlar guruhi a’zolariga ham qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.









