Maktab bitiruvchilari uchun "So‘nggi qo‘ng‘iroq" chalindi
2026-05-25 10:00:00 / Yangiliklar
Maktab bitiruvchilari uchun "So‘nggi qo‘ng‘iroq" chalindi

Xo‘jayli tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli Samanko‘l QFY hududidagi 36-sonli maktabda "Yuqori bilimli avlod - Uchinchi Renessans asosi!" shiori ostida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" bayram tantanasi o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi J.M.Yermashev Prezidentimizning bitiruvchilarga yo‘llagan bayram tilaklarini yetkazib, tuman hududidagi ona-maktab bilan xayrlashayotgan 1739 o‘quvchiga kelajakda Buyuk yutuqlarga erishishini tiladi. Shuningdek, ushbu maktabda o‘z faolligi bilan yaxshi natijalar ko‘rsatgan bitiruvchi o‘quvchilarni birma-bir e’tirof etib, ularning ota-onalari va ustozlariga minnatdorlik bildirdi. Shundan so‘ng, ishtirokchilarga yoshlarimiz ijrosida konsert dasturi taqdim etildi.









