1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
2026-06-01 14:00:00 / Yangiliklar
1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Farzand - hayotimizda hech narsaga teng kelmaydigan bebaho boylik, ko‘zimiz quvonchi, ertangi kunimiz egasidir. Albatta, bolalarni e’zozlash, ularni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash barchamizning muqaddas burchimizdir. Dunyo bolalar kulgusi bilan go‘zal. Ayniqsa, "1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"da yurtimiz bolalar kulgisi bilan yanada yashnab ketadi. Shunday o‘yin-kulgilarga boy bayramlardan biri Xo‘jayli tumani markazida joylashgan bolalar maydonchasida tashkil etilib, farzandlarimizning chehrasi shodlikka to‘ldi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari X.Xolmuratov va "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari Z.Xojamuratova ishtirok etib, bolajonlarga bayram sovg‘alarini topshirdi.









