Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar
2026-04-21 14:00:00 / Yangiliklar

Korrupsiya har qanday davlat va jamiyattaraqqiyotiga jiddiy to‘sqinlik qiluvchi salbiy ijtimoiyhodisadir. U iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtiradi, fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchinipasaytiradi va adolat tamoyillarini buzadi. Shu sabablikorrupsiyaga qarshi kurashish dunyo miqyosidadolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
O‘zbekistonda ham korrupsiyaga qarshi kurashishdavlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatidabelgilangan. Bu borada qator qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
Korrupsiya — mansab yoki xizmat vakolatlaridanshaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish, ya’ni pora olish, pora berish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabiharakatlarni o‘z ichiga oladi.
Bu tushuncha xalqaro huquqda ham belgilanganbo‘lib, xususan United Nations tomonidan qabulqilingan United Nations Convention against Corruption korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiyxalqaro hujjatlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshikurashish quyidagi asosiy qonun hujjatlari bilantartibga solinadi: Oʻzbekiston Respublikasining“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni, ushbu qonun 2017 yilda qabul qilingan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy va tashkiliyasoslarini belgilaydi. Oʻzbekiston RespublikasiningJinoyat kodeksi, unda pora olish, pora berish, mansabvakolatini suiiste’mol qilish kabi jinoyatlar uchunjavobgarlik belgilangan. Oʻzbekiston RespublikasiKorrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatito‘g‘risidagi normativ hujjatlar.
Korrupsiyaga qarshi qonun hujjatlarida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik, fuqarolarning huquq vaerkinliklarini himoya qilish, davlat organlari faoliyatiustidan jamoatchilik nazorati, javobgarlikningmuqarrarligi prinsiplari belgilangan.
Bu prinsiplar davlat organlari va mansabdorshaxslar faoliyatida halollik va adolatni ta’minlashgaxizmat qiladi.
Qonunchilikda korrupsiyaning oldini olishgaqaratilgan davlat xizmatchilari uchun etika qoidalarinijoriy etish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, davlatorganlari faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, mansabdor shaxslarning daromadlarini deklaratsiyaqilish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish nazardatutilgan.
Bu choralar korrupsiyaga sabab bo‘luvchiomillarni kamaytirishga qaratilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muri sudi
sudya katta yordamchisi A.Joldasova
