Xo‘jayli tumani 4-sonli maktabda "Keksalar hayoti biz uchun ibrat" mavzusida "Uch avlod" uchrashuvi o‘tkazildi
2026-02-19 12:00:00 / Yangiliklar

Xo‘jayli tumani 4-sonli maktabda "Keksalar hayoti biz uchun ibrat" mavzusida "Uch avlod" uchrashuvi o‘tkazildi. Tadbirda O‘z.R. "Nuroniy" jamg‘armasi bo‘lim boshlig‘i M.Xamdamov, Qq.R. "Nuroniy" jamg‘armasi bo‘lim boshlig‘i T.Abdijabbarov, nuroniy ota-onalarimiz va yoshlar ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar yurtimizda xalqimizning farovon turmushda yashashi uchun yaratilayotgan sharoitlar, ayniqsa, ertangi kelajagimiz bo‘lgan yoshlarning yorqin kelajagi uchun amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar, nuroniylarimizning jamiyat va kelajak avlod oldidagi dolzarb vazifalariga keng to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng, mehmonlarimiz mahalla ahli bilan uchrashib, bahor mavsumi oldidan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini olib bordi.








