“Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi”
2026-02-23 09:00:00 / Yangiliklar

“Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi”
Xo‘jayli tumanida muborak Ramazon oyida og‘ir ahvolda bo‘lgan, jarrohlik amaliyotiga muhtoj bemorlarga maxsus vaucherlar topshirilmoqda.
Ushbu xayrli tashabbus inson qadrini ulug‘lash, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatda ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan. Vaucherlar tibbiy yordamga muhtoj bemorlarga yetkazilmoqda.
Tadbir davomida bemorlar va ularning yaqinlari bilan suhbatlar o‘tkazilib, ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam va yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Fuqarolarning minnatdorlik so‘zlari ushbu ezgu ishlarning naqadar muhim ekanini yaqqol namoyon etdi.
Ramazon oyida amalga oshirilayotgan bu kabi xayrli amallar og‘ir bemorlar uchun nafaqat tibbiy ko‘mak, balki yangi umid va kelajakka ishonch baxsh etmoqda.






