Xush xabar
2025-12-17 13:00:00 / Yangiliklar
Xush xabar

Joriy yilning 10-13-dekabr kunlari oralig‘ida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari o‘tkazildi. Unda Xo‘jalichi qizlarimiz sportning "para pauerlifting" turida qatnashib, Tursunboyeva Tursunoy 1-o‘rinni va O‘roqboyeva Tursinoy faxrli 2-o‘rinni olishga muvaffaq bo‘ldi.
Xo‘jayli tumani hokimligi va xalqi nomidan g‘olib qizlarimizni qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan chin qalbimizdan tabriklab, kelajakda ulkan zafarlar tilaymiz!



