Xo‘jayli tumani hokimi J.M.Ermashev tumanlik "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari bilan ochiq suhbat o‘tkazdi
2025-12-23 18:00:00 / Yangiliklar

Bugun 2025-yil 23-dekabr kuni Xo‘jayli tumani hokimi J.M.Ermashev tumanlik "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari bilan ochiq suhbat o‘tkazdi. Unda, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari Z.Xojamuratova, soha xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar muhtaram Prezidentimizning sohaga qaratayotgan e’tiboriga minnatdorlik bildirib, yil davomida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi, xodimlarning taklif va fikrlari tinglandi. Shundan so‘ng, 28 ta mahalladagi kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi mutaxassislarning ish samaradorligini oshirish uchun barchasiga zamonaviy kompyuter to‘plamlari topshirildi, shu bilan birga o‘zining fidokorona mehnati va mas’uliyati bilan ajralib turgan bir qator soha xodimlariga minnatdorlik bildirildi. Bunday imkoniyatlar, xodimlar uchun ishlarni yanada tez va sifatli amalga oshirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va har bir muhtoj oilaga manzilli yordam ko‘rsatishga xizmat qiladi.



