KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK NAZORATDA
2026-08-22 11:30:00 / Yangiliklar
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashi Kotibiyat mudiri J. Rasulov hamda 18-“Hamza” saylov okrugi deputati E. Norboyev tomonidan tumandagi 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati 24 ta tavsiya asosida o‘rganildi.

O‘rganish davomida tashkilotdagi mavjud shart-sharoitlar, isitish tizimi, bino va inshootlarning mavsumga tayyorgarligi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda aniqlangan kamchiliklar ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.



