DEPUTATLIK NAZORATI: XO‘JAOBOD DEHQON BOZORIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI
2026-08-21 17:20:00 / Yangiliklar
Xo‘jaobod tumani Kotibiyat mudiri J. Rasulov, xalq deputatlari, tuman hokimligi mas’ullari hamda biriktirilgan tashkilotlar xodimlari tomonidan Xo‘jaobod dehqon bozorida 24 ta tavsiya ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borild

O‘rganish davomida aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlarning narx-navosi, mahsulotlar yetarliligi va bozordagi mavjudligi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, kundalik ehtiyoj uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi, narxlarning barqarorligi hamda aholiga qulay sharoitlarda mahsulotlar taklif etilishi holati tahlil qilindi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha bozorda zarur mahsulotlar uzluksizligini ta’minlash, narx-navoni barqaror saqlash hamda aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.



