Xo‘jaobod tumani hokimi Bozorboyev Jamshidbek Rafiqjonovichning Qurbon hayiti bayrami tabrigi !
2026-05-27 08:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Hurmatli Xo‘jaobod tumani aholisi!
Siz, azizlarni Islom olamida ulug‘ va muqaddas sanalgan — “Qurbon hayiti” bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Qurbon hayiti — mehr-shafqat, bag‘rikenglik va insonparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlovchi, ezguliklarni namoyon etuvchi muqaddas ayyomdir. Bugungi kunda hamjihat va ahil jamiyat barpo etishda, oilalarimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlashda ana shunday ma’naviy qadriyatlar katta ahamiyat kasb etadi.
Fursatdan foydalanib, xalqimizga tinchlik, yurtimizga baraka, oilalarimizga fayz va totuvlik tilayman.
Qurbon hayiti bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Xo‘jaobod tumani hokimi
Bozorboyev Jamshidbek Rafiqjonovich
