Maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
2026-05-25 10:00:00 / Yangiliklar
Bugun tumanimizdagi barcha maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq jaranglab, bitiruvchilar uchun unutilmas onlar hukm surmoqda.
Shu jumladan, Xo‘jaobod tumani hokimi Bozorboyev Jamshidbek
33-umumta’lim maktabida bo‘lib, 11-sinf bitiruvchilarining so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etdi.
Tuman rahbari yoshlarga samimiy tilaklar bildirib, ularning kelgusi hayot yo‘lida muvaffaqiyat, yuksak marralar va Vatan ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shishlarini tiladi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyat va ezgu orzu-umidlar bilan o‘tdi.





