“Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi”
2026-05-21 15:00:00 / Yangiliklar
«Payshanba — Yoshlar kuni» munosabati bilan FAYZ-M tekstilining to‘quv bo‘limida ishsiz yoshlar, maktab, texnikum va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Yarmarka davomida ishtirokchilar korxonadagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish, ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri suhbat o‘tkazish hamda bandlik masalalari bo‘yicha maslahatlar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish, ularning bandligini oshirish hamda mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.
Yarmarka yakunida bir qator ishtirokchilarga ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanmalar berildi va bandlikni ta’minlash yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.






