Mustahkam oila sari muhim qadam.
2026-04-10 15:00:00 / Yangiliklar
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tashabbusi bilan har juma “Oila kuni” deb e’lon qilinib, jamiyatda oila institutini mustahkamlash, yoshlarni sog‘lom va barqaror turmushga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida bugun Xo‘jaobod tumani hokimi o‘rinbosari Maloxatxon Sapiyeva hamda mas’ullar ishtirokida yangi turmush qurish arafasida bo‘lgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlarni oilaviy hayotga puxta tayyorlash, ularni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.





