O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-dekabrdagi PQ-415 sonli qarori ijrosi ta'minlash bo'yicha.
2026-03-27 17:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-dekabrdagi PQ-415 sonli "Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish hamda ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, dori vositalarini "Elektron retsept" tizimidan unumli foydalanish yuzasidan Xo‘jaobod tumanida Departamentning Xo‘jaobod tumani bo‘limi boshlig‘i N. Abdusattorov, tuman tibbiyot birlashmasi rahbari S. Asqarov va tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari J. G‘ulomov tomonidan tumandagi faoliyat yuritib kelayotgan dorixona rahbarlari, xususiy klinika rahbarlari va mas’ul tibbiyot xodimlariga D-MED dasturiga ulanish tartibi va uning afzalliklari to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.




