Korrupsiyaga qarshi kurash
2026-04-01 16:30:00 / Yangiliklar
Bugun Xo‘jaobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari U. To‘xtasheva ishtirokida respublika ishchi guruhining korrupsiyaga qarshi kurash va tumanni "Korrupsiyadan holi hudud"ga aylantirish bo‘yicha yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda amalga oshiriilgan ishlar xolati atroflicha tahlil qilinib, istiqboldagi dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Xususan, tumanda 2026-yil birinchi choragida keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish, kadrlarni ishga qabul qilish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, korrupsiyaviy holatlarda tezkor xabar berish tizimlari samaradorligini oshirish va aholiga xizmat sohalarini raqamlashtirish bo‘yicha ham qator ishlar amalga oshirilganligi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, korrupsiyaviy xatarlarni barvaqt aniqlash, ro‘yxatini shakllantirish, mazkur masalalarda jamoatchilik fikrini o‘rganish, tashkilot va idoralarda korrupsiyaga qarshi kurashning ichki tizimlarini takomillashtirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda rahbarlar va mutaxassislarini onlayn platforma orqali o‘qitish masalalarida qo‘shimcha rejalar belgilandi.
Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar bo‘yicha bir qator mas’ullarning axborotlari tinglandi.





