Xo‘jaobod tumani texnikumida “Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi” doirasida keng qamrovli ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
2026-02-19 15:00:00 / Yangiliklar
Mazkur tadbir yoshlarni zararli illatlardan asrash, ularning ongida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini mustahkamlash hamda huquqiy va tibbiy bilimlarini oshirishga qaratildi.
Mutasaddi tashkilot vakillari o‘z chiqishlarida giyohvandlikning inson salomatligiga, oilaviy muhitga va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Ta’kidlanganidek, giyohvandlik nafaqat bir insonning, balki butun jamiyatning kelajagiga tahdid soluvchi illatdir.




