📍 Xiva tumanida qaror ijrosi amalda
2026-04-03 14:00:00 / Yangiliklar

Jarayon
📌 Xiva tumani hokimligi va xalq deputatlari Xiva tumani Kengashi kotibiyati hamda tegishlik tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda tumandagi tashqi yozuvli reklama bannerlarining belgilangan qonun talablariga mosligi bo'yicha o'rganish ishlari olib borildi.
👉🏻 Bugungi kunda ko‘chalarda o‘rnatilgan reklama bannerlari nafaqat savdo vositasi, balki hududning madaniy qiyofasini belgilovchi muhim omildir.
✅ O‘rganish jarayonida ayrim tashqi reklama vositalarida davlat tiliga rioya qilinmagani aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf qilinib, kelgusida bunday holatlarga yo'l qo'ymasliklari to'g'risida ogohlantirsh berildi.
❗️Hurmatli tadbirkorlar va tashkilot rahbarlari!
Tashqi reklama vositalarini joylashtirishda qonun talablari hamda imlo me’yorlariga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz.




